O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun elektron ko‘rinishda ariza berish imkoniyatidan yaqin vaqt ichida jismoniy shaxslar ham foydalanishi mumkin bo‘ladi, deya xabar bermoqda “Kun.uz” “Podrobno.uz”ga tayanib.
Hozirgi vaqtda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — “My.gov.uz”da bu xizmatdan faqat yuridik shaxslar foydalanishi mumkin. Jismoniy shaxslar uchun elektron navbat aynan qachon paydo bo‘lishi hozircha ma’lum emas. Dastlabki hisob-kitoblar bo‘yicha, xizmat yil oxirigacha yo‘lga qo‘yiladi.
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazidan ma’lum qilishlaricha, hozir loyihaning faqat birinchi bosqichi amalga oshirilmoqda va sinov jarayonidan o‘tmoqda. Kelajakda esa ushbu imkoniyatdan “My.gov.uz”da ro‘yxatdan o‘tgan barcha foydalana oladi.
“Bu nisbatan murakkab tizim, shu sababli ham biz uni birdan o‘zlashtira olmayiz. Shuning uchun xizmatning birinchi bosqichida ariza berish jarayoni bilan cheklandik, biroq bizda boshidan ‘My.gov.uz’ orqali elektron navbatni joriy etish maqsadi bo‘lgan”, — dedi Markaz vakili.
Agar elektron navbat joriy etilsa, bu jarayoni ancha soddalashtiradi, chunki xaridor real vaqt rejimida istalgan dilerlik shoxobchasidagi mavjud modellarni tanlashi va o‘z shaxsiy kabineti orqali navbatni kuzatib turishi mumkin.
Ayni vaqtda, tizim ham elektron, ham qog‘oz orqali berilgan arizalarni qayta ishlaydi. Istalgan arizachi uni elektron navbatga qo‘yishiga ishonsa bo‘ladi.
Izoh (0)