Gollivud aktrisasi Kemeron Dias o‘z hayotidagi ilk to‘yiga jinsi shim, oq bluza va oq koftada keldi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Dias 5-yanvar, dushanba kuni o‘z sevgilisi — musiqachi Benjamin Meddenga turmushga chiqqani va to‘yda Riz Uizerspun, Gvinet Peltrou, Nikol Richchi, Dryu Berrimor, Diasning singlisi Chimen kabilar mehmon bo‘lgani avvalroq xabar berilgan edi.
Qayd etilishicha, Medden ham kiyinish borasida Diasdan qolishmagan: u qora mayka, qora shim va keda kiyib to‘yga tashrif buyurgan.
Izoh (0)