Lyuks toifasidagi smartfonlar ishlab chiqaruvchisi Tonino Lamborghini Mobile qiymati 6000 AQSh dollariga teng 88 Tauri modelini taqdim qildi. Taqdimot marosimi 6 yanvarga o‘tar kechasi Las-Vegasda CES-2015 iste’mol elektronikasi ko‘rgazmasi ochilishi oldidan bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Agence France-Presse xabar qilmoqda.
Elektronika narxlari pasayishining umumiy tendensiyasiga qaramay, italyan kompaniyasi eng qimmatli modelini ishlab chiqdi. Biroq, bozorda yanada qimmatroq modellar, xususan, Vertu kompaniyasining smartfonlari ham mavjud.
Qurilmaning korpusi zanglamaydigan po‘lat va teridan ishlangan. Smartfon Full HD o‘lchamli (1920x1080 nuqta) 5 dyuymli ekran, 20 megapikselli kameraga ega. Unda dunyo bo‘ylab safarlar davomida operatorlarni almashtirishda qulaylik yaratish uchun ikkita SIM-karta qo‘llab-quvvatlanadi. Smartfon 5 ta rangda taqdim etiladi.
Agentlikning qayd etishicha, Tonino Lamborghini Mobile kompaniyasining hozirda Volkswagen kompaniyasiga tegishli Lamborghini brendiga aloqasi yo‘q. Biroq, u avtomobil kompaniyasiga asos solgan Feruchchio Lamborginining o‘g‘li tomonidan yaratilgan.
Izoh (0)