Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg boshqarmasi uyushgan jinoiy guruhning uch nafar a’zosi − o‘zbekistonlik Sherali Ochilov, Azamat Quliyev va rossiyalik Timur Sofinni o‘g‘rilik, talonchilik, odam o‘g‘irlash va zo‘rlashda aybdor deb topilganini ma’lum qildi.

Foto: mir24.tv

Foto: mir24.tv

Tergov va sud jarayonida ma’lum bo‘lishicha, tay-boks bilan professional darajada shug‘ullanuvchi va xalqaro musobaqalar g‘oliblari bo‘lgan ushbu shaxslar Sankt-Peterburgda tizimli ravishda o‘g‘rilik, talonchilik va boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etish maqsadida kirakashlik xizmatini amalga oshirish jarayonida mast holatdagi qurbonlarni topib, ularni kimsasiz joylarga olib borgan va hujum qilib, talonchilik va o‘g‘rilikni amalga oshirgan.

Qarshilik ko‘rsatilishi mumkin bo‘lmasligi uchun jinoyatchilar qurbon sifatida jismonan kuchsiz shaxslarni, asosan ayollarni tanlagan. Yakkakurash sirlaridan voqif bo‘lgan jinoyatchilar qurbonlarga eng og‘riqli zarbalarni berib, amalda usullarni ularda sinab ko‘rgan.

2012-yil yanvaridan 2013-yil fevralgacha ushbu guruh uchta o‘g‘rilik, beshta talonchilik hujumi, zo‘rlash va odam o‘g‘irlash jinoyatlarini sodir etgani aniqlangan. Sud Ochilovni 13, Quliyevni 11, Sofinni 10 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Qishda kasal bo‘lmaslikning sinalgan 5 ta usuli
Mahalliy
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi va yana 3 mas’ulga hayfsan berildi
Dunyo
“Rossiya bahorda yangi hujum boshlash uchun Ukrainadagi urushni muzlatmoqchi” — Stoltenberg