Microsoft korporatsiyasi Facebook messenjeri va Twitter dasturi o‘rnatilgan yangi hamyonbop Nokia 215 telefoni sotuvga chiqarilishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Tjournal.ru”.
Yangi gadjet Microsoft Phone tizimida emas, balki Series 30+ operatsion tizimida ishlashiga qaramay, unga Facebook messenjeri, shuningdek Twitter va Facebook mobil dasturlari o‘rnatilgan. Brauzer sifatida Bing qidiruv tizimiga ega Opera Mini dasturidan foydalaniladi. Internet 2G tarmog‘i orqali ishlatiladi.
Telefon bir va ikki SIM-kartali versiyada chiqariladi: birinchisi 29 kungacha, ikkinchisi uch haftagacha qayta zaryadlantirilmasdan ishlashi mumkin. Telefonga uzluksiz 50 soat ishlay oladigan MP3-pleyer va 45 soat ishlaydigan FM radio o‘rnatilgan. Qurilma 0,3 megapikselli kameraga ega. 32 Gigabaytgacha bo‘lgan sig‘imga ega tashqi xotira qurilmalarini joylashtirish mumkin.
Telefon 2015-yilning birinchi choragidan Yevropa, Osiyo, O‘rta Sharq va Afrikaning bir nechta davlatlaridan iborat cheklangan ro‘yxatdagi hududlarda 29 dollardan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)