Jahon futboli yulduzlari orasida o‘z tanasiga tatuirovkalarni muhrlaganlari talaygina. “Championat.com” sayti bunday “muhr”larning eng mashhurlarini taqdim etdi.
Karlos Teves
Argentinalik hujumchi dekabr oyida eng yorqin tatuirovkaga ega futbolchilar qatoridan joy oldi.
Diego Maradona
Jahon futboli afsonalaridan birining tanasida ikki inqilobchining surati chizilgan: o‘ng yelkasida Che Gevara va chap oyog‘ida Fidel Kastro.
Devid Bekxem
Mashhur ingliz futbolchisi tanasida uch nafar o‘g‘li, qizi va rafiqasiga bag‘ishlangan tatuirovkalar mavjud.
Marko Materassi
Italiyalik futbolchining tanasi tatuirovkalar bilan to‘lgan. Ulardan eng mashhurari sifatida Chempionlar ligasi va Jahon chempionati sovrinlari, yelkasidagi qanotlar, sher va ajdarho tasvirlarini keltirish mumkin.
Serxio Ramos
Ispan futbolchisining tanasi ham tasvirlarga boy bo‘lib, eng mashhurlari Jahon chempionati va Chempionlar ligasi suratlari hamda qulog‘i orqasidagi iyeroglif ekanligi ta’kidlanadi.
Raul Meyrelesh
Portugaliyalik futbolchining tanasida tatuirovka tushirilmagan joyi kam qolgan. Ulargan eng mashhurlari sifatida orqasidagi ajdarho va o‘ng oyog‘idagi butun boshli “tarjimai holi”ni keltirish mumkin.
Daniel Agger
Tatuirovkalari ko‘pligi bo‘yicha Meyreleshdan qolishmaydigan daniyalik futbolchining orqasida vikinglar qabristoni, chap yelkasida Daniya bayrog‘ini uchratish mumkin.
Zlatan Ibragimovich
Shvetsiyalik hujumchining tatuirovkalari orasidan barcha yaqinlarining tug‘ilgan kunlari, ulkan baliq, qizil ajdarho, bolalari va ota-onasining ismlari o‘rin olgan.
Jibril Sisse
Fransuz futbolchisining deyarli butun tanasini qoplagan tatuirovkalar orqadagi qanotlar va turli bezaklardan iborat.
Tim Xovard
Amerikalik darvozabonning tanasiga bolalari, onasi, bobosining suratlari, Supermen tasviri tushirilgan.
Izoh (0)