“Barselona” futbol klubi sport direktori Andoni Subisarretaning iste‘foga chiqarilgani e’lon qilindi, deb xabar qildi “Stadion.uz”. Tomonlar ikki taraflama kelishuv bilan shartnomani bekor qildilar. Klub prezidenti Xosep Bartomeu Subisarretaga mehnat faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.
Qayd etish kerakki, 53 yoshli Subisarreta ushbu lavozimni 2010-yilda Sandro Rossel klub prezidenti etib saylangandan buyon egallab kelayotgan edi.
Chorshanba kuni “Barselona” direktorlar kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi va shundan so‘ng prezident matbuot anjumani o‘tkazadi.
Izoh (0)