AirAsia Indonesia aviakompaniyasining Yavan dengizida halokatga uchragan samolyoti qurbonlarining qarindoshlari ishtirokida fojea yuz bergan joyda gul qo‘yish marosimi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Hercules harbiy samolyot halok bo‘lgan yo‘lovchilarning qarindoshlarini Surabayadan Pankalanbuungacha olib boradi, u yerdan ular yo‘lni harbiy kemada davom ettirishadi.
Eslatib o‘tamiz, Air Asia kompaniyasiga qarashli Airbus A320-200 avialayneri 2014-yilning 28 dekabr kuni Surabayadan (Indoneziya) Singapurga parvoz vaqtida dispetcherlik radarlaridan yo‘qolgan. Samolyot bortida 155 nafar yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Izoh (0)