Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi 46 yoshli kishi o‘z qo‘shnisiga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab ichki ishlar organlariga murojaat qildi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Qayd etilishicha, u uyga qaytganda 1983-yilda tug‘ilgan qo‘shnisini mast holda uchratgan. Yigit salom berish o‘rniga qo‘shnisiga tashlangan, uni do‘pposlab, 400 ming so‘m pulini olib qochgan.
Jabrlanuvchining arizasiga binoan ichki ishlar xodimlari tez orada huquqbuzarni topib qo‘lga olgan. Endi u nafaqat qilmishi uchun qo‘shnisidan kechirim so‘rashiga, balki qonun oldida javob berishiga ham to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)