Xorvatiyaning “Xayduk” klubi o‘zbekistonlik futbolchi Temurxo‘ja Abduxoliqov bilan shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub rasmiy saytiga asoslanib “Stadion.uz” xabar berdi.
“Temurxo‘ja Abduxoliqov va Antonio Milich endi ‘Xayduk’ a’zosi hisoblanishmaydi. Klub bilan hamkorlik uchun ularga minnatdorchilik bildiramiz va ularning kelasi faoliyatiga omad tilaymiz. Milichning yangi jamoasi Belgiyaning ‘Koninklijke Voyetbal’ klubi bo‘ladi. Temurxo‘ja faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha aniq emas”, − deyiladi rasmiy saytda berilgan xabarda.
Abduxoliqov 2014-yilning fevral oyida “Xayduk” bilan shartnoma imzolagandi.
Izoh (0)