Indoneziya mamlakatga yetib kelgan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining otryadi halokatga uchragan Airbus samolyotining “qora qutilari”ni topishiga umid bildirmoqda. Bu haqda Indoneziya Transport xavfsizligi milliy qo‘mitasining rahbari Tatang Kurniadiga asoslangan “RIA Novosti”ga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.
“Biz Rossiyadan yordam oldik va bu yordam tufayli ‘qora qutilar’ni ularning batareyalari ishlab turguniga qadar topa olishga umid qilamiz”, — deb Kurniadining so‘zlariga iqtibos keltirib o‘tdi “Detik.com” sayti.
Kurniadining fikricha, samolyotning “o‘ziyozgichlari”ni topishda Rossiya FVVga qarashli Be-200 samolyot-amfibiyasidan foydalaniladi. “Qutqarish operatsiyaning bu qismi rossiyalik guruhga topshirildi. Bu guruh o‘z xatti-harakatlarini Indoneziyaning qidiruv-qutqaruv milliy boshqarmasi Basarnas` nazorati ostida amalga oshiradi”, — dedi Kurniadi.
Qayd etilishicha, Be-200 samolyoti shanba kuni rossiyalik qutqaruvchilar guruhini Pankalanbuundagi qutqaruv operatsiyasining bosh bazasiga yetkazganidan so‘ng, Indoneziya poytaxti Jakarta shahriga qaytib kelgan.
Indoneziyaga yuborilgan tezkor guruh rahbari, FVVning bosh harbiy mutaxassisi Eduard Chijikov avvalroq ta’kidlaganidek, “guruhning asosiy vazifasi ‘qora qutilar’ning joylashgan o‘rnini aniqlab, ularni dengiz tubidan chiqarib olish hisoblanadi”.
Rossiya FVV vazir o‘rinbosari Vladimir Stepanov shanba kuni jurnalistlarga zarurat tug‘ilsa, vazirlik qutqaruvchilar sonini 160 tagacha ko‘paytirishini ma’lum qildi.
Izoh (0)