Qarshi shahri markazi O‘zbekiston ko‘chasining qurilishi davom etayotgan kuranti yonida 3-yanvar kuni kech soat chamasi 19:30’larda yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi, deb xabar bermoqda “Muxbir.uz”.
Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Spark rusumli avtomobil Damasning chap tomon o‘rta qismidan zarba berdi. Bu esa Damas’ning to‘ntarilishiga sabab bo‘ldi.
Spark avtomobilida 2 kishi, Damas rusumli avtomobilda esa faqat 1 kishi bo‘lgan. Hodisa ishtirokchilari hech qanday jarohat olmagan. Hozirda YPX hodimlari voqeani o‘rganib chiqib, choralar ko‘rishmoqda.
Izoh (0)