O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga Dubay aeroportidan uchdi. 14 soat parvozdan keyin jamoa Osiyo Kubogi doirasidagi birinchi o‘yini o‘tkaziladigan Sidney shahriga yetib bordi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy tvitteriga asoslanib, “Uff.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekistonlik futbolchilarni mahalliy futbol muxlislari, shuningdek, Avstraliyadagi o‘zbekistonlik futbol ishqibozolari kutib oldi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Sidneydagi mashhur Opera uyi yaqinidagi “Shangri-La” mehmonxonasiga joylashdi.
Izoh (0)