Buyuk Britaniyaning Gastings shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli turnirlar jamlanmasi o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
O‘z tarixida yubiley 90-marotaba tashkil etilayotgan ushbu shaxmat festivalining eng nufuzli turniri Hastings Masters hisoblanadi. 117 nafar shaxmatchi qatnashayotgan ushbu musobaqada o‘zbekistonlik yosh grossmeyster Jahongir Vohidov (2502) ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazyapti.
Kecha o‘tkazilgan 5-tur uchrashuvida Jahongir fransiyalik Kristin Flir bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oldi. Oq donalarda harakat qilgan Jahongir raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va ochkolari sonini 3,5 taga yetkazib oldi.
Izoh (0)