Dunyoning mashhur World Soccer nashri o‘z versiyasiga ko‘ra 2014-yilning eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Unga ko‘ra, Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu qatorasiga ikkinchi marta ushbu nashr tomonidan yilning eng kuchli futbolchisi deb topildi. Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan Manuel Noyer esa ikkinchi pog‘onani band etdi. “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga 3-o‘rin nasib qildi.
Nashr tomonidan tuzib chiqilgan 2014-yilning eng kuchli 10 futbolchisi quyidagilar:
- Krishtianu Ronaldu (“Real Madrid”, Portugaliya) — 928 ball
- Manuel Noyer (“Bavariya”, Germaniya) — 789 ball
- Lionel Messi (“Barselona”, Argentina) — 593 ball
- Aryen Robben (“Bavariya”, Gollandiya) — 458 ball
- Tomas Myuller (“Bavariya”, Germaniya) — 354 ball
- Filip Lam (“Bavariya”, Germaniya) — 264 ball
- Xames Rodrigez (“Real Madrid”, Kolumbiya) — 243 ball
- Luis Suares (“Barselona”, Urugvay) — 218 ball
- Anxel Di Mariya (“Manchester Yunayted”, Argentina) — 183 ball
- Toni Kroos (“Real Madrid”, Germaniya) — 168 ball.
Izoh (0)