“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2014-yil 29-dekabrdan O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet-xizmatlari tariflarini 1 Mbit/s. uchun 265,79 dollarga pasaytirdi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Joriy yilda tariflar bir necha marta pasaytirildi. Jumladan, 1 Mbit/s. uchun tarif 4-iyundan 306,04 dollar, 4-iyuldan 303,51 dollar, 29-avgustdan 299,22 dollar, 11-sentabrdan esa 286,74 dollar etib belgilangan. “O‘zbektelekom” 4-dekabrdan tariflarni 1 Mbit/s. uchun 276,27 dollarga pasaytirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2013-yilda provayderlar uchun internet-xizmatlar tariflari besh marta pasaygan. 2013-yil yanvarda 1 Mbit/s. qiymati 409 dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, dekabrda 322 dollar qilib belgilangan.
Izoh (0)