O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Toshkentning eski shahar qismida zamonaviy qulay uy-joylar qurilishi to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz”. Kelajakda eski shaharda 6 ta turar-joy mavzesi qurilishi rejalashtirilgan.
Qurilishning birinchi bosqichida 2015-yilda tajriba sifatida Nurafshon ko‘chasi bo‘ylab 160 xonadon joylashadigan beshta 3 va 5 qavatli namunaviy uylar barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Nurafshon ko‘chasidagi uchta uy 3-mavze hududida, ikkitasi esa Sebzor mavzesida joylashadi.
Yangi uylar zamonaviy shaharsozlik texnologiyalarini qo‘llash uchun tajriba bazasi bo‘lishi ko‘zda tutilgan. G‘ishtdan quriladigan binolardagi xonadonlar balandligi uch metrdan bo‘lishi, kirish joylari kengaytirilishi rejalashtirilgan.
Dastlabki beshta uy 2015-yil 1-iyulgacha foydalanishga topshiriladi. Shundan keyin yana olti bosqichda bunday uylarning qurilishi ishlari olib boriladi.
Izoh (0)