Sky Sports telekanali jurnalisti Antonio Boselli o‘z hamkasbi Jorjo Terrutssiga asoslanib, “Formula-1” poygalarining yetti karra chempioni hisoblangan Mixael Shumaxerning joriy holati haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”
“Shumaxer ayoli va bolalarining ovozini eshitganida yig‘layapti. Bu achinarli xabar, biroq uning hayotga qaytayotganining yaxshi bir belgisi ham”, – deya Bosellining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda R-Sport.
Eslatib o‘tamiz, Mixael Shumaxer 2013-yilning 29-dekabrida Alp tog‘larida chang‘i uchayotganida boshi bilan yiqilib, jiddiy jarohat olgandi. Hozirgi vaqtda u o‘z uyida, shifokorlarning nazoratida ostida tiklanish kursini o‘tamoqda.
Izoh (0)