Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Furqat ko‘chasida joylashgan novvoyxonada ishlayotgan ayol birga ishlovchi dugonasi bilan janjallashib qoldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” nashri xabar bermoqda.
Janjal orasida ayollardan biri dugonasining qorniga pichoq sanchib oldi. Jabrlanuvchi olgan jarohati tufayli shifoxonaga yotqizildi.
Jahliga erk bergan ayol esa endi qonun oldida javob beradi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)