Andijon viloyatining Jalolquduq tumani “Yorqishloq” qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro kechqurun qarshisidan kelayotgan ayolning uyali telefoni va sumkasini tortib olish niyatida unga birdan tashlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar berdi.
Biroq jiddiy qarshilik va shovqindan yordamga kelayotgan kishilarni ko‘rib, voqea joyidan yashirindi. Ichki ishlar idoralari xodimlari zudlik bilan voqea tafsilotlarini o‘rganib chiqdi. Natijada mazkur huquqbuzarlikni qo‘shni ko‘chada yashovchi fuqaro sodir etganligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)