O‘zbekiston ta’lim yo‘nalishida Rossiya Federatsiyasi tomonidan ajratilayotgan kvotalar miqdori bo‘yicha barcha MDH davlatlarini ortda qoldirmoqda. Bu haqda “Rossotrudnichestvo” vakolatxonasi rahbari va Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi maslahatchisi Viktor Shulik axborotiga tayanib, “UzDaily.uz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilda ta’lim kvotalari O‘zbekistonning 305 nafar talabasiga taqdim etilgan. O‘z navbatida, Viktor Shulik bu juda katta miqdor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2014-yil Qozog‘iston yoshlariga O‘zbekistondan ikki barobar kam — 150 ta ta’lim kvotasi berilgan.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning jami 1070 nafar fuqarosi Rossiya OTMlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul asosida o‘qishga kirgan.
Izoh (0)