AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jorj Krol o‘zining xayrlashuv maktubida o‘zbek xalqidan minnatdor ekanini aytdi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
“AQShning O‘zbekistondagi elchisi sifatidagi vazifamni yakunlar ekanman, barcha o‘zbek ahliga uch yil davomida menga ko‘rsatilgan mehribonchilik, mehmondo‘stlik va oqibat uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Bu yerda o‘tkazilgan uch yarim yil davomida Respublikaning barcha viloyatlarida bo‘ldim va sizning madaniyatingizni, qadimiy va zamonaviy tarixingizni hamda baxtiyor zaminingizning tabiiy go‘zalligini chuqurroq o‘rgandim. Avvalambor, yuksak mehr va hurmat bilan sizlarni yodga olaman, O‘zbekiston ahli.
Sizlar mustaqillikka erishgandan keyingi qisqa muddat ichida o‘z qadriyatlaringizga asoslangan zamonaviy, gullab-yashnayotgan davlat qurishga muvaffaq bo‘ldingiz. Umid qilamanki, shu yurtdagi elchi sifatida ikki mamlakat va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada yaxshilashga erishdim. Men hech qachon O‘zbekistonni unutmayman. Doim O‘zbekistonning do‘sti bo‘laman. Rahmat, O‘zbekiston”, — deyilgan Amerika elchisining maktubida.
Izoh (0)