“Mobinfo.uz” saytida foydalanuvchilarga “UMS tariflarini maqbul deb hisoblaysizmi?” savoli berilgan so‘rovnoma o‘tkazildi. Hafta davomida 192 kishi ishtirok etgan so‘rovnoma natijalari e’lon qilindi.
Unga binoan, ishtirokchilarning 57 foizi tariflarni UMS aloqasiga o‘tish uchun nomaqbul deb hisoblaydi. 24 foiz foydalanuvchilar esa UMS tariflari ularni umuman qiziqtirmaganini ma’lum qilgan. So‘rov ishtirokchilarining faqatgina 13 foizi UMS tariflarini kundalik mobil aloqadan foydalanish uchun qiziqarli deb topgan. 6 foiz foydalanuvchilar UMS tariflari boshqa operatorlarnikidan kam farq qiladi deb hisoblashi ma’lum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 1-dekabrdan O‘zbekistonda faoliyatini boshlagan UMS mobil operatori jismoniy shaxslar uchun Start, Maxi va Absolut tariflarini, shuningdek korporativ mijozlar uchun esa Corp va Corp VIP tariflarini taqdim etmoqda.
Izoh (0)