O‘zbekistonlik iste’dodli tennischi Sabina Sharipova Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat turnirdagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettiryapti, deb xabar beradi “Olamsport”.
Musobaqaning birinchi raqamli tennischisi hisoblangan Sabina ikkinchi bosqichda rossiyalik Valeriya Urjumovaga qarshi kortga chiqdi. Birinchi davrada bo‘lgani kabi bu uchrashuv g‘olibi ham uch setda aniqlandi. Raqibasini 6:2, 6:7, 6:3 hisobida taslim etgan Sabina chorak finalga yo‘l oldi.
Izoh (0)