Toshkent shahrining Bektemir tumanida suhbatdoshini gipnoz qilish orqali 2,5 million so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Qayd etilishicha, Bektemir tumanida 24 yoshli yigit oldiga bir noma’lum shaxs kelib, uni gapga solgan. Suhbat hayot tashvishlari mavzusiga borib ulanib,oxir-oqibatda yigit suhbatdoshiga 2,5 million so‘mdan ortiq pulini berib yuborganini bilmay qolgan. Uning gipnoz qobiliyatiga egaligini taxmin qilgan jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tez orada jinoyatchi qo‘lga olingan. U asli Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidan bo‘lgan 24 yoshli shaxs bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)