O‘zbekiston U-16 o‘smir qizlar terma jamoasi Osiyo Chempionati saralash birinchi uchrashuvida Bahrayn U-16 qizlar terma jamoasini yirik 17:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Bahrayn poytaxti Manama shahrida U-16 o‘smir qizlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati saralashi “A” guruhidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bahrom Norsafarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-16 qizlar terma jamoasi saralash mezboni − Bahrayn U-16 terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvda katta ustunlikka ega bo‘lgan o‘zbekistonlik o‘smir qizlar yakunda raqiblari darvozasini javobsiz 17 marotaba ishg‘ol etishdi va yirik g‘alabani nishonlashdi.
Ma’lumot uchun, saralashning “A” guruhida boshqa terma jamoalar ishtirok etmayotgani bois, O‘zbekiston va Bahrayn o‘smir qizlari 25-dekabr kuni o‘zaro ikkinchi uchrashuvda maydonga tushadilar. Guruh g‘olibi esa kelasi yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-16 o‘smir qizlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
U-16 o‘smir qizlar o‘rtasida OCh saralash.
“A” guruhi. Manama, Bahrayn.
22-dekabr. Dastlabki uchrashuv.
Bahrayn U-16 − O‘zbekiston U-16 - 0:17.
Izoh (0)