Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan mo‘may daromad orttirish ilinjida pirotexnika buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga urinayotgan soxta “tadbirkor”lardan birining qing‘ir qilmishlariga nuqta qo‘yildi. Bu haqda Xorazm viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Urganchdan bo‘lgan ayolga tegishli yuklar o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda, bu ayol muqaddam noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan qiymati 30 million so‘mlik pirotexnika vositalariga tegishli bironta ham hujjatni taqdim qila olmadi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.
Izoh (0)