Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi xalqaro nohukumat tashkiloti 2014-yilda mojaroli hududlarda 60 nafar jurnalist halok bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“2014-yilda matbuot vakillari noodatiy ravishda ko‘p halok bo‘ldi. Ular Yaqin Sharq, Ukraina va Afg‘onistondagi mojarolar va xavfli vaziyatlarni yoritish uchun chegaralarni kesib o‘tgan xalqaro jurnalistlar, muxbirlar edi”, − deyilgan tashkilotning yillik murojaatida.
2014-yilda jurnalistlar uchun eng xavfli hududlar Suriya, Iroq, Somali, Isroil, Falastin, Afg‘oniston, Paragvay va Pokiston bo‘lgani qayd etilgan. Ukrainada esa 2001-yildan buyon ilk marta jurnalistlar halok bo‘lgani ma’lum qilingan.
Izoh (0)