Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev har doim ish kostyumlarini o‘zi tanlashini va bu borada stilistlar maslahatidan foydalanmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Yaqinda bo‘lib o‘tgan Prezident kunida (1-dekabr) internetda mening bo‘yinbog‘larimni kim tanlab berishi va kostyumlarim qayerdan olinishi muhokama qilindi. Buni hech kim tanlab bermaydi: menda stilist ham, liboschi ham yo‘q”, − dedi Nazarboyev.
Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti tig‘iz ish jadvaliga yaxshi jismoniy holat, mustahkam sog‘liq, sport va mehnat tufayli ulgurayotganini ma’lum qilgan. “Men oddiy ishchi-dehqonman, eng quyi qatlamdan chiqqanman. Asl kasbim − ishchi, qo‘lida belkurak bilan ishlovchi metallurgman. Bu meni hamma ishimni o‘zim qilishimga o‘rgatgan”, − dedi Qozog‘iston prezidenti.
Izoh (0)