FIFA Ijroiya qo‘mitasi hakamlarning yoshiga nisbatan qo‘yilgan cheklovni olib tashladi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Shu paytgacha hakamlar 45 yoshga to‘lgach professional faoliyatini yakunlashi shart edi. FIFA rasmiy saytining xabariga ko‘ra, Marokashning Rabot shahrida bo‘lib o‘tgan Ijroqo‘m yig‘ilishida hakamlarga 45 yoshga to‘lgandan keyin ham ishlashga ruxsat berildi.
Faqat buning uchun ular FIFAning hakamlar Qo‘mitasi tomonidan har yili majburiy ravishda tekshiruvdan o‘tishi shart. Tibbiy ko‘rik va fitnes-test natijalariga qarab, hakamlarning qo‘liga hushtak olish yoki olmasligi ma’lum qilinadi.
Izoh (0)