16 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan Yevropa Ittifoqi aholisining 18 foizi umri davomida internetdan umuman foydalanmagan. Bu haqda Yevrostat tadqiqotiga asoslanib “Yevropeyskaya Pravda” xabar bermoqda.
“Internetdan oxirgi marta qachon foydalangansiz?” degan savolga so‘ralganlarning 18 foizi “hech qachon” deb javob bergan. Qayd etilishicha, 2006-yilda bu ko‘rsatkich 43 foizga teng bo‘lgan. 2006-yilda internetdan har kuni foydalanuvchilar 31 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 65 foizga yetgan. Yevropaning eng internetlashgan davlati Islandiya, eng kam internetdan foydalanuvchi mamlakati Ruminiya ekanligi aniqlangan.
Internetdan umuman foydalanmaganlar Islandiyada 1, Norvegiya va Daniyada 3, Lyuksemburgda 4, Niderlandiyada 5, Finlandiya, Shvetsiya va Buyuk Britaniyada 6, Shveysariyada 8, Portugaliyada 30, Italiyada 32, Gretsiyada 33, Bolgariyada 37 va Ruminiyada 39 foizni tashkil qilishi aniqlangan.
Tadqiqot Yevropa Ittifoqiga kiruvchi 28 davlatda, shuningdek, Norvegiya, Islandiya va Shveysariyada o‘tkazilgan.
Izoh (0)