O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga qarashli Toshkent shahar UYa-64/TH-1-sonli tergov hibsxonasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Toshkent oqshomi” gazetasiga asoslanib “Uz24.uz” xabar bermoqda.
Tadbirda Senat a’zolari va deputatlar, Oliy Majlis inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning mintaqaviy xodimlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida sud majlisi o‘tkazilib, mazkur hibsxonada jazo muddatini o‘tayotgan 39 nafar mahkum amnistiya aktiga ko‘ra jazodan ozod etildi.
Bunday bag‘rikenglikdan bahramand bo‘lgan boshqa shaxslar ham jinoyat ko‘chasiga boshqa qadam qo‘ymaslikka hamda halol mehnat qilishga ahd qilganligini izhor etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 14-noyabr kuni Oliy Majlis Senati “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Izoh (0)