Bugun, 19-dekabr kuni 2015-yilning 16—25-yanvar kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan XXIII Hamdo‘stlik davlatlar kubogi musobaqasi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Ushbu musobaqada 12 ta yoshlar terma jamoasi qatnashadi. Shu paytda Avstraliyada Osiyo kubogi o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston yoshlari Hamdo‘stlik davlatlar kubogida ishtirok eta olmaydi.
Qur’a natijalari:
- “A” guruhi: Belorussiya, Turkmaniston, Estoniya, Finlyandiya.
- “B” guruhi: Moldaviya, Qirg‘iziston, Rossiya, Latviya.
- “C” guruhi: JAR, Litva, Tojikiston, Qozog‘iston.
Izoh (0)