Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida Respublika Rowing & Canoe federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi o‘tkazildi. Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, Rowing & Canoe federatsiyasi rahbariyati, terma jamoalar bosh murabbiylari, viloyat federatsiyalarining mas’ullari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining rasmiy sayti.

Foto: olympic.uz

Foto: olympic.uz

Yig‘ilishni federatsiya rahbari Jasur Akramov kirish so‘zi bilan ochar ekan, yakunlanib borayotgan 2014-yilda Davlat rahbarining “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o‘yinlariga munosib tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori hamda Respublika komissiyasining yig‘ilishlarida belgilangan vazifalarni yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, joriy mavsumda O‘zbekiston akademik hamda baydarka va kanoechilar tomonidan erishilgan yutuqlar, sportning ushbu turlarini O‘zbekistonda yanada ommalashtirish va rivojlantirish borasida olib borilgan sa’y-harakatlar xususida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Respublika Rowing & Canoe federatsiyasi rahbari, shuningdek, 2015-yilda “Rio—2016” olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari o‘ynaladigan jahon va Osiyo chempionatlariga terma jamoalarni munosib tayyorlash borasida ham amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida o‘z fikrlarini bayon etdi.

Respublika Rowing & Canoe federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasida tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. Federatsiya rahbari “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi vakili Xabibulla Shamsiyevni federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari, Abror Ahmedovni rais o‘rinbosari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Tatyana Mamatkulovani esa Respublika Rowing & Canoe federatsiyasi bosh kotibi lavozimlariga tayinlashni taklif qildi. Yig‘ilish qatnashchilari yuqorida nomlari keltirilgan har uch nomzodni bir ovozdan sayladi.

Konferensiyada Rowing & Canoe federatsiyasi ijroqo‘m (T. Mamatkulova, R. Sadikov, A. Ponomarev, A. Zubarev, Sh. G‘aniyev, V. Sergeyev) hamda taftish komissiyasi a’zolari (G. Izrailbekova, T. Poderyugina, D. Israilova) ham ovoz berish orqali saylandi.

Yig‘ilish so‘ngida hududlarda faoliyat yuritayotgan federatsiyalar mas’ullari so‘zga chiqib, joylarda sportning ushbu turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida axborot berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi