Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy viloyatida pudratchi tashkilotlar tomonidan 175 kilometrlik elektr liniyalari ta’mirlandi, deb xabar bermoqda “Pravda Vostoka” gazetasi. Simlar va izolyatorlarning qisman almashtirilishi elektr energiyasini uzatishdagi yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini bergani qayd etilgan.

Foto: stroyka.uz

Foto: stroyka.uz

Namunali uylar qurilgan hududlarda 16 kilometrlik yangi havo elektr liniyalari o‘tkazilib, 19 ta yangi transformator o‘rnatildi. Karmana, Navbahor va Nurota tumanlarining chekka hududlarida 42,1 kilometrlik elektr liniyalari rekonstruksiya qilinib, yog‘och ustunlar temir-beton tayanchlarga almashtirildi, eski sim va izolyatorlar yangilandi, to‘qqizta transformatorda montaj ishlari olib borildi.

Navbahor va Xatirchi tumanlarida o‘tkazilayotgan 38 kilometrlik elektr liniyasi va kuchli transformator stansiyasi qurilishi tugatilgach, Navbahor tumanidagi 4 ta, Xatirchi tumanidagi 8 ta qishloqda elektr ta’minoti yaxshilanishi ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank