Rossiya Moliya vazirligi rubl haddan tashqari noto‘g‘ri baholanmoqda deb hisoblashini va shu sababli valyuta qoldiqlarini sotuvga chiqarishni boshlashini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Qayd etilishicha, Rossiya Federal g‘aznasidagi valyuta qoldiqlari hozirda 7 milliard dollarni tashkil etadi. Moliya vaziri o‘rinbosari Aleksey Moiseyevning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik valyutani zarur muddat o‘tguncha sotishda davom etaveradi.
17-dekabr kuni dollar kursi 72,7 rubl, yevro esa 92,195 rublgacha ko‘tarilgan. Moliya vazirligi bayonotidan keyin esa dollar 62,268 rubl, yevro 77,89 rublgacha tushgan. Hozirda dollar va yevro kurslari 16-dekabr kuni bozor yopilgan holatdagi narxga deyarli teng holatga kelgani qayd etilgan.
Izoh (0)