O‘zbekiston va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 21-dekabr kuniga ko‘chirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi.
Milliy terma jamoaning BAAdagi yig‘ini doirasidan o‘rin olgan mazkur o‘yin rejaga ko‘ra 20-dekabr kuni Dubay shahrida o‘tkazilishi kerak edi. Ammo Iordaniya Futbol Uyushmasi mazkur uchrashuvni bir kunga ko‘chirishni iltimos qildi. O‘FF mazkur iltimosni qondirdi va uchrashuv 21-dekabr kuniga ko‘chirildi.
Eslatib o‘tamiz, Mirjalol Qosimov jamoasi OK — 2015dan oldingi so‘nggi tayyorgarlik yig‘inini o‘tkazish uchun 17-dekabr kuni BAAning Dubay shahriga uchib ketadi. Mirjalol Qosimov jamoasi mazkur yig‘in davomida Iordaniyadan tashqari Iroq (25 va 28-dekabr) terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Izoh (0)