17-dekabr kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasi Oliy liga jamoalari vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytiga tayanib, “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Yig‘ilishda 2014-yil yakunlariga to‘xtalib o‘tiladi va 2015-yilgi rejalar muhokama qilinadi. Shuningdek, Oliy liganing navbatdagi mavsumiga qur’a tashlanadi.
Yig‘ilish soat 11:00 ga belgilangan.