O‘zbekistonda yangi BlackBerry Passport smartfoni 2,8 million so‘mdan sotila boshlandi

Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida BlackBerry kompaniyasining flagman smartfoni Passport 2,8 million so‘mdan sotila boshlandi. Bu haqda Mobinfo.uz ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Foto: Phonearena.com

Foto: Phonearena.com

Ushbu smartfonning dizayni kvadrat ko‘rinishida va uning 4,5 dyuym 1440×1440 pikselli displeyi ham kvadrat shaklida. Unda QWERTY-klaviaturasi mavjud, shu bois smartfonda ham sensorli, ham odatiy klaviaturada yozish imkoni bor.

BlackBerry Passport smartfonida 2,2 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli Snapdragon 801 protsessori, Adreno 330 videokartasi, 3 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotira (+MicroSD), 2 megapikselli old va 13 megapikselli orqa kamera, Wi-Fi, NFC, 3450 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan. Smartfon LTE moduli va BlackBerry OS 10.3 operatsion tizimida ishlaydi.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing