O‘zbekiston milliy terma jamoasining OK — 2015 guruh bosqichidagi raqibi — Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Ramon Lopes iste’foga chiqarildi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi rasmiy saytida xabar berildi.
Ispaniyalik mutaxassis Saudiya Arabistoni terma jamoasi Forz Ko‘rfazi Kubogi finalida mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi vazifasidan ozod etilgan. Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan musobaqa finalida mezbonlar Qatar terma jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi rasmiy saytiga ko‘ra, hozircha terma jamoa bosh murabbiyi vazifasi vakant bo‘lib turibdi. Mamlakat futboli rasmiylari terma jamoaning yangi bosh murabbiyi nomini Osiyo Kubogigacha e’lon qilishini ta’kidlagan.
Izoh (0)