TGI Friday's xalqaro restoranlar tarmog‘ining ayrim kafelarida shu yilning noyabr oyidan radioboshqaruvli dronlardan romantik muhit berish maqsadida foydalanila boshlangan edi. Biroq bunday qurilma amerikalik juftlikning bayramona kayfiyatini yo‘qqa chiqardi, deb xabar beradi “Uz24.uz” Mirror nashriga tayanib.
Buyuk Britaniyada uchuvchisiz dron ayol burnining uchini kesib yubordi. “Bu holat juda vahimali edi. Uchib kelayotgan dron to‘g‘ri yuzimga qarab keldi. Shukrki, u ko‘zimga zarar yetkazmadi, bo‘lmasa fojia bo‘lishi aniq edi. Sababi men suratkashman, ko‘zlarim — nonim-ku!”, — dedi jahli chiqqan ayol.
TGI Friday's xodimlari jabrlanuvchidan uzr so‘radi.
Ma’lumot uchun, “bayramona dron”lardan foydalanish Buyuk Britaniyaning kafelarida yo‘lga qo‘yilgan. Dronda juftliklar uchun omela (daraxtlarga tirmashib yashaydigan yashil buta) novdasi olib kelinadi.
Izoh (0)