O‘zbekiston hukumati 3-dekabr kuni 2015−2020-yillarda umumta’lim maktablarni zamonaviy sport zallari bilan ta’minlash bo‘yicha choralar dasturini ma’qulladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Ushbu dastur “Sog‘lom bola yili” davlat dasturi doirasida, maktablardagi mavjud sportzallar to‘liq jihozlantirilib, ularning moddiy-texnikaviy bazasi o‘rganilgach ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 2021-yilgacha O‘zbekistonda jami 1706 ta sportzal qurilishi rejalashtirilgan. Jumladan, 2015-yilda 240 ta, 2016-yilda 280 ta, 2017−2020-yillarda esa yiliga 296-297 tadan sportzal qurilishi ko‘zda tutilgan.
2015−2018-yillarda Samarqand viloyatida 419 ta, Surxondaryoda 256 ta, Qashqadaryoda 224 ta, Farg‘onada 158 ta, Toshkent viloyatida 127 ta, Andijonda 125 ta, Namanganda 104 ta, Buxoroda 85 ta, Jizzaxda 81 ta, Qoraqalpog‘istonda 53 ta, Navoiyda 37 ta, Xorazmda 24 ta, Sirdayoda 9 ta va Toshkent shahrida 4 ta yangi sportzal qurilishi rejalashtirilgan.
Qurilish ishlarini moliyalashtirish Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya, kapital ta’mir qilish va jihozlash byudjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari evaziga amalga oshiriladi.
Izoh (0)