Nyu-Deli shahridagi politsiya binosi oldida 7-dekabr kuni talabalar Hindiston poytaxtida sodir etilayotgan zo‘rlashlarga qarshi namoyish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Euronews.
Namoyish ishtirokchilari Dehlida sodir etilayotgan zo‘rlashlarga nisbatan hukumat hech nima qila olmayotgani va buni tan olishni istamayotganidan norozilik bildirib, tezroq qat’iy choralar ko‘rish lozimligini ta’kidlagan.
Shuningdek, 7-dekabrda mahalliy politsiya yo‘lovchi qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinayotgan taksi haydovchisini qo‘lga olgani ma’lum qilgan. Taksi Uber mobil xizmati orqali chaqirilgan bo‘lib, ushbu kompaniya politsiya bilan hamkorlik qilishi qayd etilgan.
Izoh (0)