KXDR terma jamoasining Osiyo Kubogiga tayyorgarligi xavf ostida qoldi. Ma’lum qilinishicha, OFK terma jamoa bosh murabbiyi Yun Chen Suni bir yilga futboldan chetlatishga qaror qilgan, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Bunga sabab sifatida murabbiy Osiyo o‘yinlari finalida Janubiya Koreyaga qarshi kechgan o‘yinda tajovuzkor harakat qilgani ko‘rsatilmoqda. Yun Chen Su jamoasi 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bu o‘yinda o‘zini yomon tutgan. Ayniqsa, Janubiy Koreya hisobni ochgach, murabbiy hakamlarni turli gaplar bilan haqoratlagan va raqibga yon bosishda ayblagan.
Murabbiy diskvalifikatsiya muddati davomida mashg‘ulot o‘tash huquqini saqlab qolgan, ammo o‘yinlar vaqtida zaxira o‘rindig‘ida o‘tira olmaydi. Shuningdek, KXDR terma jamoasi futbolchisi Kim Yen Ir ham yarim yil muddatga futboldan chetlatilgan.
Eslatib o‘tamiz, KXDR terma jamoasi O‘zbekiston, Xitoy va Saudiya Arabistoni bilan Osiyo Kubogining “B” guruhidan joy olgan. Musobaqa 9-yanvardan 31-yanvarga qadar Avstraliyada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Izoh (0)