Fransiya prezidenti Fransua Olland 6-dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan oldindan rejalashtirmagan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Qozog‘istonga uyushtirilgan rasmiy tashrifdan qaytayotib Olland Moskvada Putin bilan ko‘rishishni ixtiyor qilgani haqida Le Parisien nashri ma’lum qilgan. Ikkala prezident matbuot xizmatlari bu haqda axborot bermagan.
Uchrashuv davomida qaysi masalalar ko‘tarilgani hozircha noma’lum. Ukrainadagi vaziyat tufayli Fransiya yetkazib berishdan bosh tortayotgan vertolyot uchib-qo‘nishiga mo‘ljallangan “Mistral” kemalari mavzusiga to‘xtalishi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)