Standard & Poor’s kredit reytinglari xizmati “Bank sektorining dunyo bo‘ylab va sohaviy xatarlari bahosi: O‘zbekiston Respublikasi” hisobotini chop etdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Bank sektorining dunyo bo‘ylab va sohaviy xatarlarini baholash (BICRA) metodologiyasi bo‘yicha O‘zbekiston 8-guruhga kiritilgan bo‘lib, iqtisodiy xatarlarga “7”, sohaviy xatarlarga “9” bahosi berilgan.
BICRA bo‘yicha davlatlar bank sektoridagi xatarlar darajasiga ko‘ra 10 guruhga bo‘lingan: 1-guruhda xavflar eng kam, 10-guruhda eng ko‘p hisoblanadi. 8-guruhga O‘zbekistondan tashqari Argentina, Ozarbayjon, Boliviya, Gruziya, Vengriya, Qozog‘iston, Livan, Nigeriya, Paragvay, Sloveniya, Shri-Lanka va Tunis kiritilgan.
Izoh (0)