O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Meksikada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining chorak finaliga chiqdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.

Foto: debate.com

Foto: debate.com

O‘zbekiston vakillari nimchorak finalda Fransiyaga qarshi bahs olib borishdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yinning 9-daqiqasida Qudrat Xudoyqulov hisobni ochgan bo‘lsa, Muhammadaziz Arapov birinchi bo‘lim tugashi arafasida hisobni mustahkamladi. Ikkinchi bo‘limda Haydarali Tursunboyev hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston nogironlar terma jamoasi JChning chorak final yo‘llanmasini yo‘lga kiritdi. Umarxo‘jayev va Qoriyev shogirdlari yarim final yo‘llanmasi uchun Angolaga qarshi maydonga chiqadilar. Ular nimchorak finalda Yaponiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdilar.