Checheniston poytaxti Grozniy shahri markazidagi maktablardan birida bir necha jangari qurshab olingan. Bu haqda “RIA Novosti”ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
“Grozniy markazidagi Nashriyot uyiga yaqin bo‘lgan 20-maktabda bir necha jangari qurshab olingan”, – dedi shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakili.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Nashriyot uyining yuqori qavatlari yonmoqda. Avvalroq Nashriyot uyida o‘tkazilgan maxsus operatsiya vaqtida 6 nafar jangari qurbon bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)