Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko uch nafar chet el fuqarosiga Ukraina fuqaroligini berish haqidagi buyruqni imzoladi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
“Uch nafar chet-ellik mutaxassislarga Ukraina fuqaroligi berildi. Bular Natali Yaresko, Aleksandr Kvitashvili hamda Ayvaras Abramavichus” – deb yozadi Poroshenko.
Endilikda, amerikalik Natali Yaresko Moliya vazirligida, litvalik Ayvaras Abramavichus Iqtisod vazirligida, gruzin Aleksandr Kvitashvili esa Sog‘liqni saqlash vazirligida faoliyat ko‘rsatishi kutilmoqda.
Avvalroq, Gruziyaning sobiq bosh prokurori Zurab Adeishvili Ukraina IIV boshlig‘i yordamchisi etib tayinlagan edi.
Izoh (0)