Motorola kompaniyasi Moto 360 aqlli soatining “Bugungi kun uchun soat” nomli ikkita reklama roligini taqdim etdi. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Reklama-roliklarining birinchisida Moto 360 aqlli soatidan foydalanadigan tadbirkor tasvirlangan. Unda Moto 360 aqlli soatining ajoyib dizayni maqtaladi. Videodan esa tadbirkorning soatiga ovqat haqida ogohlantiruv xabari kelganini ko‘rish mumkin.
Ikkinchi reklama roligida esa pianino chalayotgan qiz tasvirlanadi, unga esa yaxshi chalayotganini bildirish uchun aqlli soatiga xabar jo‘natishadi. Bu bilan ayrim vaziyatlarda, aslida qo‘llab-quvvatlash qiyin bo‘lganda ham buni amalga oshirish imkoniyati mavjudligi ta’kidlanadi.
Motorola Moto 360 aqlli soati hozirda 249 dollardan sotilmoqda. Kompaniya esa keyingi yilda uning yangi versiyasini taqdim etish istagida.
Izoh (0)